Katalogga qaytish
Kompaniya haqida
“UZKABEL” QK AJ — Markaziy Osiyo mintaqasidagi kabel-oʻtkazgich mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng yirik universal korxona.
“Uzkabel” aksiyadorlik jamiyati — universal kabel korxonasi oʻz faoliyatini 1941-yildan boshlab olib boradi. Hozirgi vaqtda korxona jamoasi kabel mahsulotlarining turli xil turlaridan 2000 dan ortiq tipoʻlchamlarini ishlab chiqaradi: quvvat va nazorat kabellari, shahar telefon aloqasi uchun kabellar, simlar va shnurlar. Uzkabel markali mahsulotlar bilan nafaqat Oʻzbekiston, balki koʻplab xorijiy davlatlarning qurilish obyektlari ham butlanadi. Zavod mahsulotlari dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinadi, bu esa oʻz navbatida zavod ishlab chiqaradigan mahsulotlarning raqobatbardoshligidan dalolat beradi. Zavodning ishlab chiqarish quvvatlari 3000 tipoʻlchamni ishlab chiqarish imkonini beradi, ular quyidagi tarmoqlarda qoʻllaniladi: energetika, geologiya, temir yoʻl transporti, aloqa, mashinasozlik, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi va boshqalar. Korxonada sifat menejmenti tizimi ISO 9001 talablariga muvofiq nemis TUV kompaniyasi tomonidan sertifikatlangan.
Shuningdek, mahsulotlar Rossiya muvofiqlik sertifikati hamda quvvat va nazorat kabellari uchun yongʻin xavfsizligi sertifikati bilan sertifikatlangan.
Izolyatsiyalanmagan simlar va kabel mahsulotlarining asosiy qismi MDH va uzoq xorij davlatlariga (Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Boltiqboʻyi davlatlari, Xitoy, Eron) eksport qilinadi.