Katalogga qaytish
MEGATON — Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan avtoklav gazobeton (gazoblok) ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona. Zavod Xitoy, Germaniya va Daniya texnologiyalari bilan jihozlangan, loyihaning umumiy qiymati — 40 mln AQSH dollari. Ishlab chiqarishda korxonamiz tarkibiga kiruvchi “Namangan sement” zavodining 550-markali sementi qoʻllaniladi, bu esa sifatni barcha bosqichlarda nazorat qilish imkonini beradi. Avtoklav gazoblok yengil va mustahkam, issiqlikni yaxshi saqlaydi, oʻrnatish oson. Undan qurilgan binolarda issiqlik va sovuqlik yoʻqotilishi kamayadi, energiya xarajatlari qisqaradi. Assortimentga gazoblоklar (600×300 mm) va gazoblok uchun yelim kiradi. MEGATON mahsulotlari Namangan, Andijon, Navoiy va boshqa hududlardagi savdo nuqtalari orqali ulgurji va chakana sotiladi. Korxonada 500 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Biz quruvchilar, dilerlar va loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikka tayyormiz.