Katalogga qaytish
Green Wall
Kompaniya haqida
“Ishonch Intertrade” kompaniyasi 2021-yilda tashkil etilgan bo’lib, Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan korxonalardan biri hisoblanadi va unda o’nlab xodimlar mehnat qiladi. Asosiy faoliyatini metall konstruksiyalar ishlab chiqarishdan boshlagan kompaniya bugungi kunda ishlab chiqarishning bir nechta yo’nalishlariga ega. Biz mamlakatimizning yirik loyihalarida, jumladan “Yoshlik-2” loyihasida, Toshkent viloyatida TP-500 podstansiyasi qurilishida, “Yasin Sement” va “Konch Sement” kompaniyalarining sement ishlab chiqarish bo’yicha bir nechta loyihalarida, shuningdek “Miraki” tog’-kurort majmuasini obodonlashtirishda ishtirok etamiz. Loyihalarimiz mahalliy bozor bilan cheklanmaydi: kompaniyamiz mahsulotlari Qozog’istonning Turkiston shahrini obodonlashtirish loyihasida qo’llanilgan. 2022-yilda “Green Wall” brendi ostida yangi mahsulot — dekorativ yashil to’siq ishlab chiqarish o’zlashtirildi, bu Oʻzbekistondagi birinchi zavoddir.