Katalogga qaytish
“MONOLITH ASIA” XK MChJ — MDH davlatlari hududida keng tanilgan, payvandlash materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasidagi zamonaviy yondashuvi va ishlab chiqariladigan mahsulotining yuqori sifati bilan mashhur bo’lgan “PlazmaTek” MChJ (Ukraina) ning rasmiy vakili. Kompaniya zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan uyg’unlashgan payvandlash mahsulotlarining keng assortimentini taklif etadi. Doimiy yuqori sifat xomashyoning jahondagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilari (Germaniya, Shveytsariya, Chexiya, Hindiston va boshqalar) tomonidan ham, xomashyo bazasini ilmiy-tadqiqot yo’li bilan ishlab chiqish orqali ham taʼminlanadi.